Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi

Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yildi

  • 09.02.2026
  • 459
Blog Image

Bugun buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni, o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan viloyat miqyosida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu sana munosabati bilan viloyat hokimligi, oliy ta’lim muassasalari hamda viloyatdagi turli tashkilot va muassasalar jamoalari ishtirokida viloyat markazida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

 

Marosim jarayonida Hazrat Navoiyning g‘azallari va hikmatli satrlari o‘qilib, uning ijodi xalqimiz ma’naviy hayotida tutgan beqiyos o‘rni yana bir bor e’tirof etildi. Mazkur tadbirda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi ham ishtirok etdi.