TISUda “Fikrlar marafoni”
Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hamda islohotlarga faol jalb etish maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Fikrlar marafoni” nomli tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda "O‘zbekiston – 2030 strategiyasi"ni amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, xususan talaba-yoshlar orasida targ‘ib etishga xizmat qildi.
Tadbir davomida Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlar, jumladan: mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarga Davlat dasturi loyihalariga taklif va tashabbuslar kiritish tartibi, fuqarolarning ushbu jarayondagi ishtiroki, elektron platformalar orqali fikr bildirish mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi.


