TISUda profilaktik suhbat

TISUda profilaktik suhbat

  • 07.02.2026
  • 938
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” mavzusida kompleks tezkor-profilaktik tadbir tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U. Xudayberdiyev, universitet profilaktika inspektori Sh. Allayorov, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati, giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi podpolkovnigi M. Ochilov, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakil mayor A. Hasanov, katta tezkor vakil kapitan Sh. Ravshanov, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo viloyat filiali narkologiya xizmati shifokori M. Ganiyeva ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’molining inson salomatligi, ruhiy holati, ijtimoiy hayoti hamda kelajak taqdiriga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ushbu illatning yoshlar orasida tarqalishiga olib keluvchi omillar, ularning oldini olish mexanizmlari va profilaktik choralarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

 

Ichki ishlar organlari vakillari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, ularning oqibatida kelib chiqadigan jinoiy va ma’muriy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

 

Shuningdek, narkologiya xizmati shifokori tomonidan giyohvandlikning tibbiy va psixologik jihatlari, qaramlikning shakllanish bosqichlari, davolash va reabilitatsiya jarayonlari haqida ma’ruzalar qilindi.

Tadbir doirasida giyohvandlikning achinarli oqibatlarini yorituvchi maxsus videorolik namoyish etildi.