Rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  • 02.02.2026
  • 1161
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida rektor va talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda, asosan, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchi kurs talabalari qatnashdi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘lishi, shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli va o‘z vaqtida topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor tomonidan magistrantlarga o‘qish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish, ilmiy izlanishlarni kuchaytirish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.