TISUda Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TISUda Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 30.01.2026
  • 1317
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilish davomida universitet faoliyatiga doir bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 Jumladan, yil davomida turli tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi kun tartibidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ldi.

 

Shuningdek, HEMIS axborot tizimi orqali o‘quv jarayonlarining tashkil etilganlik holati muhokama qilindi. 

 

Kengash yig‘ilishida ilmiy unvonlar hamda kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimlariga tavsiya etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.  Shuningdek ilmiy unvon olgan o‘qituvchilariga Oliy attestatsiya komissiyasining diplomi tantanali ravishda topshirildi.

 

Bundan tashqari, universitet tadqiqotchilarining ilmiy (dissertatsiya) mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash masalasi muhokama qilinib, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

 

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.