TISUda fakultet yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TISUda fakultet yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 29.01.2026
  • 1198
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda fakultet dekani S. Bozorov, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

 

Yig‘ilish davomida fakultet pedagogik jamoasining o‘quv yili davomida amalga oshirgan faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv reja va fan dasturlarining ijrosi, mashg‘ulotlar sifati, talabalarning bilim darajasi hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi. 

 

Shuningdek, fakultetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, ular tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar, respublika va xalqaro miqyosdagi nashrlardagi ilmiy ishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. 

 

Bundan tashqari, yig‘ilishda HEMIS axborot tizimining yangi imkoniyatlari, undan samarali foydalanish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish va hujjatlarni elektron tarzda yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tizimdagi yangiliklar professor-o‘qituvchilarga batafsil tushuntirilib, amaliy tavsiyalar berildi.

 

Yig‘ilish yakunida kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, fakultet faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.