Iqtidorli talabalar media jamoaga saralandi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtidorli, ijodkor va tashabbuskor talabalarni aniqlash hamda ularning salohiyatini amaliy faoliyatga yo‘naltirish maqsadida kasting bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kastingda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy g‘oyalari, kreativ fikrlashi, kamera oldida o‘zini erkin tutish qobiliyati hamda media sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar video kontent yaratish, ijtimoiy tarmoqlar uchun g‘oya taklif qilish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.
Kasting jarayonida talabalar tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy tarmoqlar, xususan Instagram va boshqa platformalar uchun mos kontent yaratish bo‘yicha takliflar alohida e’tiborga olindi. Saralash yakunlariga ko‘ra, o‘zining ijodkorligi, faolligi va media sohasidagi salohiyati bilan ajralib turgan talabalar universitetning media jamoasi tarkibiga qabul qilindi.

.jpg)
