Zararli illatlarga qarshi kurash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida izchil targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur Farmon jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi murosasiz munosabatni qaror toptirish, shuningdek, narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu vazifalar doirasida universitetda talabalar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Targ‘ibot ishlari davomida talabalarga giyohvandlikning inson salomatligiga, ruhiy holatiga, oilaviy va ijtimoiy hayotiga yetkazadigan og‘ir oqibatlari, shuningdek, narkotik vositalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun belgilangan huquqiy javobgarlik haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

