Rektor va ota-onalar uchrashuvi

Rektor va ota-onalar uchrashuvi

  • 19.01.2026
  • 1543
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2026-yil bitiruvchi bosqich talabalari va ularning ota-onalari ishtirokida muhim uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir universitet rektori boshchiligida o‘tkazilib, unda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

 

Uchrashuvni ochib berar ekan, rektor universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim jarayonidagi yangiliklar va bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. 

 

Ota-onalar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ularning taklif va savollari ham tinglandi va mas'ullarga zarur topshiriqlar berildi.