“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri

“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri

  • 15.01.2026
  • 1485
Blog Image

14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi yo‘nalishi talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va chiqishlar orqali Vatan himoyachilarining mardlik, jasorat va fidoyilik fazilatlari madh etildi.

 

Ushbu muhim sanada talabalarimiz o‘z chiqishlari orqali Vatanimizni himoya qilgan va bugungi kunda ham yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha jasur o‘g‘lonlarga chuqur minnatdorlik va hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.