14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

  • 14.01.2026
  • 1833
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

 

Mazkur bayram tadbirida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Vatan himoyachilariga chuqur hurmat va samimiy minnatdorlik izhor etdilar.

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining bugungi kundagi salohiyati, armiyamizning jangovar tayyorgarligi va mustahkamligi, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida Vatan himoyachilarining o‘rni alohida e’tirof etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, musiqiy chiqishlar orqali yurtga sadoqat, jasorat va mardlik g‘oyalari tarannum etildi.

 

Shuningdek, tadbir doirasida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularni yurt ravnaqi va tinchligi yo‘lida mas’uliyatli bo‘lishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.