Scopus jurnallari: izlashdan chop etishgacha
Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun muhim ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Tabiiy fanlar kafedrasi professori, hindistonlik taniqli mutaxassis Denzil Britto “Ilmiy maqola yozish metodologiyasi va nufuzli jurnallarda chop etish” mavzusida ma'ruza qildi.
Seminar davomida ishtirokchilar bepul Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarni izlash, ularning talablarini aniqlash, ilmiy maqolani to‘g‘ri va samarali yozish hamda jurnalga yuborish jarayonining muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, ma’ruzachi nufuzli jurnallarda chop etish jarayonida ko‘p uchraydigan xatolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi.

.jpg)
.jpg)