TISUda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ta’lim sifati nazoratini kuchaytirish, xalqaro nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetda joriy etilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha — talabalarning mustaqil va yozma ishlarini raqamlashtirish bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha doirasida endilikda har bir talabaning mustaqil ishi onlayn formatda o‘qituvchiga topshiriladi hamda maxsus antiplagiat tizimi orqali tekshirilib, baholanadi. Ushbu tizim ta’lim jarayonida shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi.

.jpg)
