Professor-o‘qituvchilar uchun Bloomberg terminalidan foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazildi

Professor-o‘qituvchilar uchun Bloomberg terminalidan foydalanish bo‘yicha trening o‘tkazildi

  • 08.01.2026
  • 1661
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar uchun Bloomberg terminali imkoniyatlaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan maxsus trening tashkil etildi. Trening onlayn formatda o‘tkazilib, unda zamonaviy moliyaviy tahlil vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.

 

Trening doirasida professor-o‘qituvchilar global fond, valyuta va tovar bozorlaridagi tendensiyalarni tahlil qilish, grafik va indikatorlar orqali bozor holatini baholash, shuningdek, Bloomberg terminalida mavjud bo‘lgan keng qamrovli ma’lumotlar bazasidan ilmiy-tadqiqot ishlarida samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, statistik ma’lumotlarni eksport qilish va ularni dars jarayonlari hamda ilmiy izlanishlarda qo‘llash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Ma'lumot uchun: Bloomberg terminali — bu moliya, investitsiya, iqtisodiyot hamda biznes analitikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan eng nufuzli va ishonchli axborot tizimlaridan biri sanaladi.