Kafedralar faoliyati bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Kafedralar faoliyati bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

  • 07.01.2026
  • 1369
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kafedralar faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim nazariyasi hamda Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilar jamoasi, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani ishtirok etdi.

 

Yig‘ilish jarayonida kafedralar tomonidan joriy o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, ta’lim jarayonining samaradorligi, dars mashg‘ulotlari sifati, fan dasturlarining zamonaviy talablarga mosligi, shuningdek, o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish masalalari yuzasidan batafsil tahlillar olib borildi.

 

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati doirasida chop etilgan ilmiy maqolalar, tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalar hamda innovatsion loyihalar bo‘yicha erishilgan natijalar yuzasidan hisobotlar tinglandi.

 

Yig‘ilish yakunida kafedralarning kelgusi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejalari bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.