Tibbiyot fakulteti kafedralari faoliyati muhokama qilindi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Tibbiyot fakulteti kafedralari faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda universitet rahbariyati, Tabiiy fanlar hamda Tibbiy klinik fanlar kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilari va mas’ul xodimlar ishtirok etib, kafedralarning joriy yil davomidagi faoliyati, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Bundan tashqari, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, monografiya, o‘quv qo‘llanmalar, grant va loyihalar doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar batafsil tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida kelgusi o‘quv yili uchun kafedralarning yillik ish rejalari muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.