TISUda kafedralar faoliyati muhokama qilindi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kafedralar faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yig‘ilish doirasida bugun Iqtisodiyot hamda Buxgalteriya hisobi va statistikasi kafedralari mudirlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda joriy yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan erishilgan ilmiy yutuqlar, xususan, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, monografiya, o‘quv qo‘llanmalar, grant va loyihalar doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar batafsil tahlil qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilarning ilmiy darajasi va salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, dars mashg‘ulotlarining sifati, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, fan dasturlarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligi masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Yig‘ilish yakunida kelgusi o‘quv yili uchun kafedralarning yillik ish rejalari muhokama qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.


