TISU QS Hub va TopUniversities platformalarida rasmiy profilini yaratdi!

TISU QS Hub va TopUniversities platformalarida rasmiy profilini yaratdi!

  • 29.12.2025
  • 957
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xalqaro ta’lim maydonidagi ishtirokini kengaytirishda muhim qadam tashladi. Endilikda universitetimiz QS Hub va TopUniversities kabi nufuzli xalqaro platformalarda rasmiy profili bilan taqdim etilmoqda.

 

Mazkur tashabbus universitet faoliyatini xalqaro akademik hamjamiyatga yanada kengroq tanitish, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi ilmiy, akademik va mobil imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 

Shu bilan birga, QS Hub va TopUniversities platformalarida rasmiy profilning mavjudligi kelgusida universitetimizning QS xalqaro reytinglari tizimida tan olinishi va baholanishi uchun muhim institutsional asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik va bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan strategik maqsadlarimizga to‘liq mos keladi.

 

TISU jamoasi xalqaro standartlar asosida rivojlanish va global ta’lim makonida munosib o‘rin egallash yo‘lida izchil ishlarni davom ettirmoqda.