TISUda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TISUda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 27.12.2025
  • 288
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, Kengash a’zolari, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.

 

Yig‘ilish davomida universitet faoliyatining bir qator dolzarb masalalari muhokama qilindi.


 
Jumladan, 2025-yilda o‘quv-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy, xalqaro hamkorlik, moliyaviy xo‘jalik sohalarida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar hamda 2026-yildagi vazifalar muhokama qilindi. Qolaversa, 2025-yilgi ilmiy tadqiqot yakunlari tahlil qilinib, rejalar belgilab olindi.

 

Shuningdek, yig‘ilish davomida universitetning ilmiy unvon olgan bir qator o‘qituvchilariga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsentlik attestatlari tantanali ravishda topshirilib, xalqaro fan olimpiadasida faol ishtirok etgan Tibbiyot fakulteti talabalari taqdirlandi.

 

Yig‘ilish yakunida Kengash tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.