TISUda bayram karnavali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

TISUda bayram karnavali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

  • 27.12.2025
  • 184
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Yangi yil bayrami munosabati bilan talabalar uchun  bayram karnavali tashkil etildi. 

Bayram karnavali boshidan oxirigacha quvonch va shodlikka, kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlariga boy bo‘ldi. Talabalar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va turli ko‘ngilochar dasturlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarning ijodiy qobiliyatlari, sahnadagi faolligi va tashabbuskorligi yaqqol namoyon bo‘ldi.

 

Bayram tadbiri davomida,  “Eng faol yil talabasi” tanlovining universitet bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.