Yangi yil — yangi marralar sari!

Yangi yil — yangi marralar sari!

  • 27.12.2025
  • 219
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoasi Termiz shahridagi “Serenado” bazmgohida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlamoqda.

 

Bayram tadbirida universitet rektori Anvar Absamatov so‘zga chiqib, 2025-yil davomida universitet jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida e’tirof etdi. Rektor o‘z nutqida fidokorona mehnati va hamjihatligi bilan yuqori natijalarga erishgan jamoaga minnatdorlik bildirib, barchani Yangi yil bilan samimiy qutladi.

 

Shuningdek, kelgusi yil ham universitet hayotida yangi zafarlar, ulkan marralar va barqaror rivojlanish yili bo‘lishiga ishonch bildirib, jamoaga ezgu tilaklar yo‘lladi.