Ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

Ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda

  • 26.12.2025
  • 179
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari ilmiy tajriba almashish maqsadida Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida talabalar TerDU huzuridagi Ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilgan amaliy natijalar hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

Ilmiy markazda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologik uskunalar va laboratoriya jihozlari yoshlar e’tiborini tortdi hamda ularda ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

 

Mazkur tashrif Termiz davlat universiteti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi  doirasida tashkil etildi. Ushbu hujjat asosida bugungi kunda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar hamkorligini mustahkamlash hamda istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.