TISUda navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

TISUda navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

  • 24.12.2025
  • 189
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlari, xususan, o‘quv jarayoni sifatini yaxshilash, talabalar davomati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini faollashtirish, ilmiy maqolalar va monografiyalar tayyorlash, darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni chop etish yuzasidan fikr almashildi.

 

Bundan tashqari, xalqaro ilmiy bazalarda, Scopus indeksiga kiritilgan nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish ko‘rsatkichlarini oshirish va xalqaro reytinglarda universitet o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.