Ijod va ilhom uyg‘unligi

Ijod va ilhom uyg‘unligi

  • 23.12.2025
  • 245
Blog Image

TISUda universitet yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan “Ijod va ilhom kechasi” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda she’riyat ixlosmandlari, ijodkor o‘qituvchilar va talabalar, shuningdek, “Mushoira” klubi a’zolari faol ishtirok etdilar.

 

Ijodiy kecha davomida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyandalari qalamiga mansub she’rlar o‘qildi, talabalar va ustozlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shu bilan birga, ijodkor talabalar o‘z musiqiy iste’dodlarini ham namoyon etib, kuy qo‘shiqlar ijro etishdi. Har bir chiqish tinglovchilar qalbida iliq taassurot qoldirib, kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

 

Samimiy va iliq muhitda o‘tgan tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan she’rlar, badiiy chiqishlar va musiqiy chiqishlar kechaning mazmunini yanada boyitdi, tinglovchilarga ilhom va zavq ulashdi.