UI GreenMetric 2025: TISU dunyoning TOP-1000 taligida

UI GreenMetric 2025: TISU dunyoning TOP-1000 taligida

  • 19.12.2025
  • 234
Blog Image

Oʻzbekistonning 38 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro global ekologik reytingida top-1000 talikdan joy oldi. Quvonarlisi, ular orasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ham bor. 

 

 5-dekabr kuni Tayvanda UI GreenMetric 2025 ekologik barqaror universitetlar xalqaro reytingining rasmiy natijalari e’lon qilindi. Joriy yilgi tadqiqotda dunyoning 105 mamlakatidan minglab oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan, O‘zbekistonning 79 ta oliy o‘quv yurti ishtirok etdi.  Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 38 ta oliy ta’lim muassasasi top-1000 talikka kirdi.

 

Ushbu xalqaro reyting natijalari Termiz iqtisodiyot va servis universitetining salohiyati va barqaror taraqqiyot yo‘lini yana bir bor tasdiqladi: u mahalliy oliy ta’lim muassasalari ichida 14-pog‘onani egallagan holda, xususiy oliygohlar orasida mutlaq yetakchilikni qo‘lga kiritib, 1-o‘rin sohibiga aylandi.

 

Ma'lumot uchun: UI GreenMetric universitetlarning global ekologik reytingi hisoblanib, Indoneziya universiteti tomonidan 2010-yildan beri o‘tkazib kelinadi.