Milliy qadriyatlar tarannumi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan milliy liboslar chellenji ko‘tarinki ruh va samimiy muhitda o‘tdi.
Universitet foyesi haqiqiy bayram maskaniga aylandi. Jaranglagan milliy kuy-qo‘shiqlar, nafis va jo‘shqin milliy raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Atlas, adras va boshqa milliy liboslarda namoyon bo‘lgan talabalar milliylikni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirgan.
Unda ishtirok etgan yoshlar o‘z chiqishlari orqali xalqimizning boy madaniy merosi, rang-barang urf-odatlari va betakror san’atini keng targ‘ib etdilar.


