TISUda moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xodimlar va professor-o‘qituvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish, shaxsiy byudjetni to‘g‘ri rejalashtirish hamda zamonaviy bank xizmatlaridan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbirda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB vakili Farrux Olimjonov hamda Surxondaryo BXO filiali xodimlari ishtrok etib, bank-moliya sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berdilar.
Seminar davomida ishtirokchilarga shaxsiy moliyaviy reja tuzish, daromad va xarajatlarni muvozanatlash, jamg‘arma shakllantirish, kredit va omonatlardan foydalanish, shuningdek, raqamli bank xizmatlarining qulayliklari va xavfsizligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida bank xizmatlaridan foydalanishda uchraydigan muammolar, kreditlash shartlari, onlayn to‘lov tizimlari va moliyaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
.jpg)

