“Kelajak soati” darslari o‘tkazildi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Ushbu muhim sana arafasida talaba-yoshlarni vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik ruhida tarbiyalash maqsadida “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” mavzusida “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur dars Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent F.J. Yormatov tomonidan tashkil etildi. Dars jarayonida talabalarga Vatanimiz tarixida yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida kurash olib borgan ajdodlarimizning jasorati, ularning mardlik va vatanparvarlik namunalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ochilayotgan yangi yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi. Talabalar ushbu sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘z ustida tinimsiz ishlash hamda ajdodlarimizga munosib, barkamol avlod bo‘lib yetishish zarurligi haqida muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar.