“Kitobxon ustoz–shogird”
Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda ustoz–shogirdlik an’analarini davom ettirish maqsadida universitetimizda “Kitobxon ustoz–shogird” tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda turli kafedralardan juda ko‘plab o‘qituvchilar o‘z shogirdlari bilan faol ishtirok etdi. Har bir jamoa 1 nafar ustoz va 5 nafar shogirddan iborat bo‘lib, ishtirokchilar belgilangan Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari asosida bilim va mushohada qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Tanlov jarayonida jamoalar o‘rtasida asar mazmuni, qahramonlar ruhiyati, asarda ko‘tarilgan ijtimoiy-falsafiy masalalar yuzasidan juda qizg‘in va bahsli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakunda g‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

