“Talabalar ligasi” sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

“Talabalar ligasi” sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

  • 15.12.2025
  • 252
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari yakuniga yetdi.

 

Mazkur sport musobaqalari bir nechta yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi. Jumladan, voleybol, basketbol, futbol, kurash, shaxmat, stol tennisi hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha talabalar o‘zaro bellashdilar. Musobaqalarda universitetning turli fakultetlaridan iqtidorli va faol talabalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

 

Musobaqalar yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi tantanali ruhda o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bellashuvlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa hamda sportchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.