TISU o'qituvchisining yutug'i

TISU o'qituvchisining yutug'i

  • 15.12.2025
  • 315
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi Prezidiumining 2025-yil 1-noyabrdagi 01/1125-11-sonli qaroriga asosan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Mukumova Dilafruz Ziyodullayevna Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.

 

Shuningdek, u adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun uyushmaning “Adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nomli medali bilan taqdirlandi.

 

Mazkur e’tirof Dilafruz Ziyodullayevnaning ijodiy faoliyati, adabiyot va madaniyat sohasidagi samarali mehnati hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etish yo‘lidagi xizmatlariga berilgan yuksak bahodir.