“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi

“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi

  • 15.12.2025
  • 237
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida mamlakatimizda keng miqyosda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ekologik tadbir tashkil etildi. Mazkur aksiya "Student Union" hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida universitet hududida 100 tup manzarali ko‘chat ekilib, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlar orasida tabiatga mehr va mas’uliyat hissini oshirish maqsad qilindi.

 

Ko‘chat ekish jarayonida talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasi faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash, tabiatni muhofaza qilish borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor namoyon etdilar.