Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida “Savodxonlik bayrami”
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan navbatdagi “Savodxonlik bayrami” tadbiri tashkil etildi. Ushbu bayram talabalarda pedagogik mahorat va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Tadbirda Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdilar. Ular o‘z chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va ijodiy ishlari orqali savodxonlik bayramini mahorat bilan yoritib berdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani S. Bozorov so‘zga chiqib, savodxonlikning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining mas’uliyati hamda bunday tadbirlarning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
Bayram davomida turli sahna chiqishlari, raqslar, badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Talabalar o‘z pedagogik qobiliyatlarini hamda kasbiy mahoratlarini namoyish qildilar.