“Folklor — millatning boqiy tarixi” tanlovida an’analar jonlandi
Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Folklor — millatning boqiy tarixi” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida jamoalar qadimiy udumlar, marosimlar va xalq og‘zaki ijodining rang-barang namunalari orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlov “Tanishuv”, “To‘y va kelin salom”, “Bolaning tug‘ilishi va beshikka solish marosimi” kabi shartlardan iborat bo‘lib, har bir bosqichda ishtirokchilar xalqning betakror turmush tarzini sahna orqali qayta jonlantirishga harakat qildilar.
Tadbirda talabalarning o‘zbek folklori, urf-odatlari va marosim san’atiga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy yondashuvi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Sahna ko‘rinishlarida xalq kuy-qo‘shiqlari, marosim an’analari, duolar va ramziy harakatlarning badiiy talqinlari o‘z aksini topdi.
G‘olib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
