TISU talabalari bilan davra suhbati
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil tushuncha berish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilgan dastur va loyihalar haqida ma’lumotlar berishdi:
Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi Surxondaryo viloyat filiali rahbari Otabek Abduqosimov — yosh tadbirkorlar uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, grantlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida so‘z yuritdi.
Aloqa bank ATB Surxondaryo filiali mas’ul xodimi Zohidjon Qayumov — bank tomonidan yoshlar uchun taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar, startaplarni moliyalashtirish imkoniyatlari va kreditlash tartiblarini tushuntirib berdi.
Surxondaryo viloyat Savdo-sanoat palatasi vakili Kamoliddin Abdullayev — tadbirkorlikni boshlash jarayoni, huquqiy ko‘mak, ro‘yxatdan o‘tish tartibi hamda biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldilar.

.jpg)

