Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik ishlar kuchaytirilmoqda

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik ishlar kuchaytirilmoqda

  • 12.12.2025
  • 127
Blog Image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda profilaktik ishlar izchil davom etmoqda. 

 

Shu maqsadda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida butun respublika bo‘ylab yoshlar, xususan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

Shu jumladan, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz” shiori ostida keng ko‘lamli profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.