TISU professor-o‘qituvchilari forum ishtirokchilari

TISU professor-o‘qituvchilari forum ishtirokchilari

  • 12.12.2025
  • 111
Blog Image

Joriy yilning 10-dekabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Psixologiya: zamonaviy chaqiriqlar, yangi g‘oyalar va yechimlar” mavzusida yirik forum tashkil etdi. Mazkur forum doirasida ta’lim jarayonida psixologik qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan “Taʼlim ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha eng yaxshi uslubiy qoʻllanma” tanlovi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu nufuzli tanlovda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari — dotsent Navro‘za Saloxitdinova, O‘g‘ilshod Tashbayeva va Shaxnoza Toshova muvaffaqiyatli ishtirok etib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Qayd etish lozim, bu kabi loyihalar ta’lim tashkilotlarida psixologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim ilmiy-amaliy manbadir. Zero, sog‘lom ruhiyat va yuksak bilim uyg‘unligi – Yangi O‘zbekistonning barkamol avlodini voyaga yetkazishdagi eng mustahkam poydevordir!