Inson qadri uchun
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 77 yilligi munosabati bilan Tarix kafedrasi mudiri, Tarix fanlari nomzodi, dotsent Faxriddin Yormatov va Tarix fanlari doktori (DSc), dotsent Nurullo Tursunov tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi muqaddima va 30 moddadan iborat bo‘lib, har bir insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan.
Tadbir davomida inson huquqlarini himoya qilish va ularni amaliyotga tadbiq etish borasidagi ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek bu yo‘nalishdagi yurtimizdagi sa’y-harakatlar “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani amalga oshirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish va davlat organlari faoliyatida tizimli ishlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.