“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI Xalqaro olimpiadasi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi tantanali ravishda o‘tkazildi. Mazkur nufuzli ilmiy-amaliy musobaqa xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan eng iqtidorli talabalarni bir maydonga jamlaydi.
Bu yilgi olimpiadada O‘zbekiston bilan birga Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon va Belorussiya kabi davlatlardagi 60 dan ortiq tibbiyot oliygohlaridan 500 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakultetining iqtidorli talabalari ham olimpiadada munosib ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish qildi. Ular turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlarda faol qatnashib, xalqaro maydonda o‘z universiteti nufuzini oshirishga hissa qo‘shdilar.
Olimpiada natijalariga ko‘ra universitet talabalari quyidagi faxrli o‘rinlarni egallashdi:
Olimpiadaning yakuniy yopilish marosimida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



.jpg)