Tibbiyot fakulteti talabalari Gippokrat qasamyodini qabul qilishdi

Tibbiyot fakulteti talabalari Gippokrat qasamyodini qabul qilishdi

  • 06.12.2025
  • 222
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Tibbiyot fakultetining 1-bosqich talabalari tomonidan Gippokrat qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirni universitet rektori A. Absamatov ochib berib, kelajak shifokorlarini ushbu muhim qadam bilan tabrikladi.

 

Tibbiyot sohasi inson hayoti, sog‘lig‘i va taqdiriga bevosita aloqador bo‘lgan eng mas’uliyatli yo‘nalishlardan sanaladi. Shu bois shifokorlik yo‘lini tanlagan yoshlar qadimdan davom etib kelayotgan an’ana — Gippokrat qasamyodini qabul qilish orqali o‘z kasbiga sodiq qolish, bemorlarga adolatli va halol xizmat qilish, har qanday vaziyatda insonlarga yordam berishga tayyor bo‘lish majburiyatini zimmasiga oladi.

 

 Tadbir davomida ustozlar va fakultet rahbarlari tomonidan tibbiyot sohasining ahamiyati hamda shifokorlik kasbining mas’uliyati haqida ta’kidlab o‘tildi.