TISUda Bloomberg terminali bo‘yicha trening

TISUda Bloomberg terminali bo‘yicha trening

  • 06.12.2025
  • 163
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlarida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar uchun Bloomberg Terminalidan samarali foydalanish bo‘yicha trening tashkil etildi. Ushbu trening onlayn tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarga global moliya bozorlarini real vaqt rejimida kuzatish va chuqur tahlil qilish imkoniyatlari tanishtirildi.

 

Bloomberg terminali — bu moliya, investitsiya, iqtisodiyot hamda biznes analitikasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan eng nufuzli va ishonchli axborot tizimlaridan biri sanaladi. Platforma dunyo bozorlaridagi narx o‘zgarishlari, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, korporativ ma’lumotlar, tahliliy modellar va investitsion qarorlar qabul qilish jarayonida zarur bo‘lgan minglab ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida taqdim etadi.

 

Seminar davomida o‘qituvchilar:

  • global fond, valyuta va tovar bozorlaridagi jarayonlarni kuzatish;
  • investitsion tahlillarni amalga oshirish;
  • Bloomberg terminalining grafik asosidagi indikatorlari bilan ishlash;
  • ma’lumotlarni eksport qilish va ularni ilmiy-tadqiqotlarda qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.