TISUda O'zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi nishonlanmoqda
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan magistrant talabalar ishtirokida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etuvchi go‘zal kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda ularning bilimini mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli tanlovlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida tanlov g‘oliblari sertifikatlar hamda Konstitutsiya kitobi bilan taqdirlandi. Bunday tadbirlar talabalarda huquqiy ongni yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat va fuqarolik burchiga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.