“Korrupsiya – kelajakka tahdid!” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararlarini yoritish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Korrupsiya – kelajakka tahdid!” mavzusidagi insholar va videoroliklar tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Tanlov universitet miqyosida katta qiziqish uyg‘otib, 100 dan ortiq insho va videoroliklar hakamlar hay’atiga taqdim etildi. Ishlar mazmunining dolzarbligi, yondashuvning kreativligi, mavzuning to‘liq ochib berilishi hamda ijodiy yondashuv mezonlari asosida baholandi.
Hakamlar hay’ati tomonidan tanlov talablariga eng mos kelgan eng yaxshi ishlar saralab olindi va g‘oliblar aniqlanib, ularga diplomlar hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
