Talabalar uchun “Ochiq eshiklar” kuni
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda 9785-harbiy qism o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuviga asosan Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari harbiy qismda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni tadbirida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan muloqot olib bordilar, jangovar tayyorgarlik jarayonlari, qurol-yarog‘ turlari, zamonaviy texnik vositalar va ularning qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy hayot, mudofaa tizimi va zamonaviy harbiy texnikalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.