Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigi

Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigi

  • 03.12.2025
  • 155
Blog Image

 Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “O‘zmilliybank” AJ Surxondaryo filiali vakillari ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir davomida bank mutaxassislari dastur mazmuni, undan foydalanish tartibi va bitiruvchilar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

 

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, dastur doirasida:

  • biznes g‘oyasi mavjud bitiruvchi talabalar aniqlanadi;
  • ularga mos bank xizmatlari paketi targ‘ib qilinadi;
  • namunaviy biznes qo‘llanmalar bilan tanishtiriladi;
  • kredit olish uchun zarur hujjatlar to‘plamini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatiladi;
  • loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tushuntiriladi;


Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha bank mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish, maslahatlar olish va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Mazkur tashabbus bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini keng ochib bermoqda.