"Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar"
1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni etib belgilangan bo‘lib, ushbu sana doirasida yurtimizda keng qamrovli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Norbosheva va universitet psixologi Sanobar Xudayarova tashabbusi bilan bu yilgi kampaniya “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusiga bag‘ishlandi. Universitetning barcha fakultetlarida mavzuga doir uchrashuvlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida talabalarga raqamli makonda uchraydigan zo‘ravonlik turlari, onlayn bosim va shantaj, feyk akkauntlar orqali tahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet madaniyati hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda yoshlarning o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, onlayn tahdidlarni aniqlash va ulardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.