“Korrupsiya — kelajakka tahdid!” mavzusida insholar tanlovi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va halollik tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida “Korrupsiya — kelajakka tahdid!” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tadbirda universitetning turli fakultet va yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyat rivojiga ta’siri, uning oqibatlari, oldini olish choralarini o‘z nuqtayi nazarlaridan kelib chiqib qog'ozga tushirdilar. Insholarda nafaqat muammolar, balki zamonaviy yechimlar, halollik va shaffoflikka asoslangan jamiyat qurish g‘oyalari ham ilgari surildi.