TISUda “Dars rejalashtirish va baholash” kursi yakunlandi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida AQShning Missuri universiteti vakili Jennifer Johnson tomonidan filologiya yo‘nalishi profesor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan maxsus o‘quv kursi o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu o‘quv dasturi “Lesson Planning and Assessment” — “Dars rejalashtirish va baholash” mavzusiga bag‘ishlanib, zamonaviy pedagogik metodlar, dars jarayonini samarali tashkil qilish, baholash mezonlarini yaratish va o‘qitishda innovatsion yondashuvlar kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Kurs davomida tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z pedagogik ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Jennifer Johnson o‘qituvchilarning faol ishtiroki, yangicha fikrlashga intilishi va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishini yuqori baholadi.
O‘quv dasturi yakunida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi. Mazkur sertifikat o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi.

