TISUda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TISUda navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 29.11.2025
  • 123
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Universitet Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, dekanlar, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • Magistratura ta’lim jarayoni va magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari holati;
  • Mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitish hamda talabalar va o‘qituvchilarning chet tili savodxonligini oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar;
  • Ijtimoiy fanlar kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari;
  • Ilmiy unvonlar va lavozimlarga tavsiyalar, shuningdek professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ilmiy nashrlarni tasdiqlash masalalari.

 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.