TISUda “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

TISUda “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

  • 29.11.2025
  • 180
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy, ma’naviy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida fakultetlararo “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda barcha fakultetlardan iqtidorli va faol talabalar ishtirok etib, o‘zlarining qobiliyat hamda mahoratlarini namoyish qildi.

 

Tanlov uchta asosiy shart bo‘yicha baholandi:

 

  • “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar” – ushbu bosqichda ishtirokchilar xalqimizga xos qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni sahna ko‘rinishlari orqali yoritib berishdi.
  • “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” – talabalarning badiiy ijodi, sahna madaniyati va musiqiy mahorati namoyon bo‘lgan qiziqarli ijodiy dasturlar taqdim etildi.
  • “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” – bu shartda ishtirokchilar jadid ma’rifatchilarining hayoti, faoliyati va jasoratli merosini sahnalashtirib, ularning millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini keng ommaga yetkazishdi.

 

Ko‘rik-tanlov yakunida barcha jamoalar faol ishtirok etgani uchun e’tirof etildi, do‘stlik g‘olib deb topildi va ishtirokchilarga diplomlar topshirildi.